Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mebel bozorining taqdiri qil ustidami?
28.11.2019 21:13,  
4191

Joriy yilning 23 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining«Yog‘och-qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, importni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Bu qaror 2020 yil 1 yanvardan yog‘och qirindili taxtalar - DSP ning (kod TN VED 4410) 1 m3 uchun 25 AQSh dollari miqdorida aksiz solig‘ini belgilashni, 2021 yildan boshlab 30 AQSh dollari belgilashni nazarda tutadi.

Menimcha ushbu loyihaning aynan shu qismi juda katta baxslarga sabab bo‘lishi mumkin. Albatta bu loyiha birinchi navbatda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab quvvatlash uchun ishlab chiqilgan. Ammo “Oldin yangisini qurmasdan turib, eskisini buzma” tamoyiliga amal qilinishi kerak bu yerda. Keling, turli mutaxassislar fikrlari va ochiq ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, kelingan xulosalarni taqdim etsam:

Agar DSPga aksiz solig‘ini joriy etish kabi oldindan o‘ylanmagan yangiliklar bilan loyiha qabul qilinguday bo‘lsa:

  • Birinchi navbatda mebel mahsulotlari narxining oshishiga hissa qo‘shiladi,
  • mahalliy mebel sanoatining inqiroziga va keyinchalik import qilingan mahsulotlar tomonidan bozorni egallab olinishga olib keladi (bu esa loyihaning maqsadi va nomiga mutlaqo ziddir);
  • mebel mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar soni keskin kamayadi;
  • yuz minglab ish o‘rinlarining yo‘qolishiga olib kelishi mumkin; (Hozirgi vaqtda mebel ishlab chiqarish sanoatida 700 000 dan ortiq kishi ishlaydi)
  • mebel mahsulotlari aholining ma’lum bir qatlami uchun yetib bo‘lmas orzuga aylanishi mumkin;
  • iqtisodiy beqarorlikka hissa qo‘shadi.

Mebel birinchi navbatda iste’mol tovaridir va uning turli mahsulotlar turlari mavjud. Shu asosda, barcha turdagi mahsulotlar uchun tegishli sifatli va bardoshli xom ashyo va yog‘och kerak. G‘o‘zapoya va qamishdan tayyorlangan DSP sifati, chidamliligi va boshqa texnik standartlar tufayli mebel ishlab chiqarishda har doim ham foydalanilmaydi. Ushbuholatda yog‘och qirindili DSP panelini olib kirishga aksiz solig‘ining kiritilishi, mutlaqo keraksiz chora hisoblanadi.

Ikkinchidan, hozirga qadar qamish va g‘o‘zapoyadan DSP ishlab chiqaradigan mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish quvvati oyiga 45 ming m3 bo‘lgan bozor talabini qondira olmaydi. Bu ham DSPga aksiz solig‘ining asossiz kiritilishini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, aksiz solig‘ini hisobga olgan holda, mebel mahsulotlarining narxi qariyb 50% ga ko‘tarilishi mumkin, bu bizning mahsulotlarimizni, o‘z navbatida aksiz solig‘iga tortilmaydigan import qilingan mebellarga nisbatan raqobatbardoshligini tushurib yuboradi.

Loyiha tashabbuskorlari, albatta, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishni rejalashtirishgan, ammo loyihaning aynan shu jihati, shubhasiz, aks ta’sir beradi.

Shunday qilib, mahalliy mebel mahsulotlari narxining oshishiga olib keladigan aksiz solig‘ining joriy etilishi import qilinadigan mahsulotlar bozorini egallab olishga, mebel ishlab chiqaruvchilarning ko‘plab korxonalari faoliyatini to‘xtatishga, minglab odamlarning ishsiz qolishiga, soliqlarning yo‘qolishiga va bir so‘z bilan aytganda, ichki mebel sanoatining qulashiga olib kelishi mumkin. Shu nuqtai nazardan, aksiz solig‘ining kiritilishi mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy zarar yetkazadi.

Ushbu loyiha mamlakatimiz iqtisodiyotiga, o‘n minglab xo‘jalik yurituvchi subektlarning, ishlab chiqarish sohasida ishlayotgan 700 ming kishining va 33,9 million odamning zarariga bir necha katta korxonalar manfaatlarini ko‘zlab ishlab chiqilganligini payqash qiyin emas.

Biroq, ichki bozor extiyoji uchun yetarli DSP ishlab chiqarish uchun imkoniyatlar bo‘lmay turib, tegishli sifat darajalariga yetishmay turib va mebel mahsulotlarining xilma-xilligini hisobga olmagan holda mebelning asosiy xom ashyosiga aksiz solig‘i solinishi kamida erta, asossiz va noo‘rin deb hisoblayman.

Shuningdek, DSP ga (4410) aksiz solig‘i joriy qilingan taqdirda, eksport qiluvchi davlatlar tomonidan bunga javoban simmetrik choralarni qo‘llanishi mumkinligi to‘g‘risida ham o‘ylab ko‘rish kerak, bu esa mamlakatimizning eksport salohiyatini pasaytiradi.

Bundan tashqari, yuqorida aytilganlardan tashqari, loyihaning 3-bandi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyatiga mutlaqo ziddir.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, tadbirkorlik sub’yektlari va ommaviy axborot vositalarining huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillaridan iborat bo‘lgan ishchi guruhini yaratish, loyihani muhokama qilish va loyihani barcha manfaatdor tomonlar, ayniqsa ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik subektlari ishtirokida muhokama qilish qilish zarur.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан