Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Misrda yosh bolani qutqarmoqchi bo‘lgan 11 kishi dengizga cho‘kib ketdi
11.07.2020 15:04,  
2970

10 iyul, juma kuni Misrning shimoliy poytaxti Iskandariyada kamida 11 kishi O‘rtayer dengizida cho‘kib ketdi. Qutqaruvchilar yetti kishining jasadini topishga muvaffaq bo‘lishdi, qolganlarini qidirish davom etmoqda.

Al Youm As Sabi nashrining yozishicha, fojia Palm-Bichda yuz bergan. Tongda, katta kompaniya suzish uchun sohilga bordi, u yerda bola suvga cho‘kishni boshladi, bir necha kishi uni qutqarishga shoshilishdi va natijada hamma halok bo‘ldi. Shimoliy poytaxt turizm va kurort bo‘yicha ma’muriyatiga ko‘ra, voqea ertalab soat beshlarda pandemiya tufayli yopilgan sohilda bo‘lgan va shu sababli qutqaruv xizmati u yerda bo‘lmagan.

Hozirda plyajlarga tashrif buyurish va dengizda suzish taqiq faqat mehmonxonalar va ba’zi xususiy plyajlar uchun olib tashlangan. Davlat plyajlari hali ham dam olish va cho‘milish uchun ochiq emas. Politsiyaning ta’kidlashicha, ko‘pchilik uzoq plyajlarga borishga harakat qilishmoqda, u yerda patrul ularni payqamaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан