Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy vafot etdi
17.06.2019 21:21,  
33

Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy vafot etdi. Bu haqda «Al-Ahram» nashri xabar beradi.

Muhammad Mursiy 2012 yili Misr tarixidagi ilk demokratik yo‘l bilan saylangan prezidentga aylangan edi. 2013 yilda xarbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan.

Umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan siyosatchi navbatdagi sud yig‘ilishi vaqtida olamdan o‘tgan.

«Musulmon birodarlar» uyushmasining yetakchilaridan biri Muhammad Mursi 2013 yil 3 iyul kuni harbiy to‘ntarish natijasida prezidentlik lavozimidan ag‘darilgan. Misrda hozirda Abdul Fattoh al-Sisi prezident hisoblanadi. Uning hukmronligi ostida mamlakatda keng qamrovli ta’qib qilish hamda harbiy va huquqni muhofaza qilish tuzilmalarining umumiy kuchayishi boshlandi. «Musulmon birodarlar» uyushmasi faoliyati taqiqlab qo‘yildi, uyushma a’zolari ustidan sudlar tashkil qilindi.

Mursining 2012 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng, Misr Oliy Konstitutsion sudining raisi Faruk Sulton uni «xalq tomonidan demokratik yo‘l bilan saylangan Misrning birinchi prezidenti», deb atagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан