Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Moskvada O‘zbekiston va Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirlari uchrashdi
10.09.2020 15:25,  
189

2020 yilning 9 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva shahrida Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

TIV rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda, shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashning aniq masalalarini muhokama qildi.

Suhbat davomida tomonlar 26-27 avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ikki mamlakat hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvi natijalarini olqishladi.

Vazirlar Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuvda turli daraja va shakllarda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish muddatlari hamda O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining boshqa dolzarb masalalari bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан