Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Musulmonlar idorasi juma namoziga imkon qadar joynamozlar bilan kelishni tavsiya qildi
4.09.2020 10:48,  
208

15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgach, 16 martda muftiy Usmonxon Alimov murojaat bilan chiqqan va mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashgungacha jamoat namozlari vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qilgan edi.

Keyinroq, faqat «yashil» hududlardagi masjidlar ochilishiga ruxsat berildi va jamoat namozlari ilk marta ijtimoiy masofa saqlangan holda o‘qildi.

17 avgustdan masjidlar yana ochildi va 1 sentyabr kuni Respublika maxsus komissiyasi juma namozlarini endi masjidlarda o‘qish mumkinligini e’lon qildi.

Shu tariqa, karantinning 25-haftasiga kelib, 4 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari yana juma namozlarini masjidlarda ado etish imkoniga ega bo‘ldi.

17 avgustdan buyon masjidlardagi jamoat namozlarida amal qilib kelinayotgan karantin qoidalari juma namozlariga nisbatan ham tatbiq etiladi

Musulmonlar idorasi masjidlarda juma namozi o‘qishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi:

"24 haftalik to‘xtalishdan so‘ng mo‘min-musulmonlar muborak juma ibodatini yana ado etish baxtiga muyassar bo‘layotganlari uchun Alloh taologa cheksiz hamdlar bo‘lsin. Bugun barcha jomelarda belgilangan karantin qoidalari va sanitariya-epidimiologiya me’yorlari asosida ko‘p sonli jamoatni qabul qilishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Binolarni tozalash, dezinfeksiya ishlari, ijtimoiy masofa saqlash uchun maxsus belgilar va boshqa zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

Shu o‘rinda juma namozlariga tashrif buyuruvchilarga masjid xodimlari ko‘rsatmalariga amal qilgan holda belgilangan karantin qoidalariga rioya qilishlarini, imkon qadar o‘zlari bilan joynamozlarini olib kelishlarini hamda masjidlarga kirish-chiqish joylarida to‘planish hollariga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz" - deyiladi idora xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан