Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Muzlagan viloyatlardan ovozlar: Qachon tok va elektr bo‘ladi?
20.11.2020 18:37,  
1057

So‘nggi yillarda aholining katta qismini o‘z girdobiga tortayotgan energetik inqiroz bugun hech kimga sir bo‘lmay qoldi. OAVlar, jurnalist va blogerlarga respublikaning turli chekkalarida elektr va gaz yetishmovchiligi haqida shikoyatlar yog‘ilmoqda. Jumladan, sof.uz saytida ham ko‘pgina xabarlar yig‘ilib qoldi.

“Assalomu alaykum! Aka bizning dardimizni Sizdan boshqasi ham eshitadimikan? Andijon tuman Xartum qishlog‘i O‘rikzor MFYda svet o‘chish avjiga chiqmoqda. Sizga murojaat qilsak, prinsipgami bilmadim, battar o‘chirishyapti. Aka shahardagi ko‘chalarga shuncha chiroq, hatto, daraxtlarda chiroq nimaga kerak? Shuni qiynalib o‘tirgan bir mahallaga bersin. Viloyat svet boshlig‘i “cheklov bo‘lyapti”, deyapti. Shuncha ko‘p cheklovmi? Ishdan charchab kelganimizda shomdan keyin o‘chadi. Farzandlarimiz “svet yonadimi?” deb dars qilmay uxlab qolishadi. Shunchalar ham ko‘p o‘chiradimi?” – deb yozmoqda andijonlik Bahodir Muhammadiyev.

Obunachilardan biri Yangihayot tumaniga, chekka tuman-qishloqlarga gaz-svet kerak, o‘shanda yangi hayot uyg‘onadi, deb yozdi. U yaqinda Toshkentda tashkil etilgan tumandan yozayotganini e’tiborga olsak, markazda ham elektr va gaz ta’minoti ko‘ngildagidek emasligi anglashiladi.

Xo‘sh, voha taraflarda nima gap. “Gazning nimaligini bilmaymiz, esimiz taniganimizdan beri gaz yo‘q. Lekin yiliga bir qarzdorlik chiqarib, gazdan pul oladi. Svetimiz zo‘r edi, svetimizni boshqa mahalla-qishloqlarga sotuvdi va bizlargayam svet o‘chyapti... Yordam beringizlar”, deb yozdi Qashqadaryodan Malika.

“Qashqadaryo, Yakkabog‘ svet o‘chishni boshladi, gaz to‘g‘risida gapirmasa ham bo‘ladi, chorvaning tezagi bor ekan, shunga ham shukur. Lekin svetning yo‘qligi asabni yeb qo‘ydi. Qaysi asrda yashayapmiz? 5-6 kundan beri sutkasiga 3-4 soat svet beryapti”, deb yozdi Nizomiddin Qahhorov. Tumandagi ahvol haqida Anvar Sharafiyevning ma’lum qilishicha, “kecha sutkada 4, uzog‘i 5 soat yondi. Oldingi kun 8 soatlar bo‘lgan. Undan oldin 13 soat. Asta-sekinlik bilan kamayib bormoqda... Uxlamay pechka yoqib chiqdim iloj yo‘q, soat ertalab 3dan beri svet yo‘q, mana 9 bo‘ldi ham. Gaz eslolmayman, oxiri yoshligimda bor edi oqma gaz. 15 yillardan ham oshdi - yo‘q. Gaz balon 2-3 oyda yig‘ib ketadi”.

Respublika gazining 60-70 foizini beruvchi viloyatda gaz ta’minoti nochorligicha qolmoqda.

Yana vodiyga qaytamiz. Pop tumani Yangiobod qishlog‘ida sutkasiga 8 soat elektr berishga o‘tilgan. “Elektrosetga telefon qilsam ayb bizdamas deyapti”, deb yozdi poplik fuqarolardan biri.

Darvoqe, 5 yil oldin Popda quyosh fotoelektr stansiyasi qurib foydalanishga topshirilgan edi. Biz undan so‘rab, “effekt bermadi, shekilli, ishlamayapti, shekilli” degan javobni oldik. Darvoqe, ushbu innovatsion elektr stansiyasi 700 ming dollarga qurilgan edi.

Sof.uz viloyatlarda elektr va gaz ta’minotiga oid o‘zgarishlarni kuzatib boradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан