Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21.03.2019 13:05,  
27

Shu kungacha Mingbuloq tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Tohirjon Rapiqov viloyat hokimi qaroriga ko‘ra, Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA viloyat hokimligi matbuot xizmatiga tayanib ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, Tohirjon Rapiqov 1974 yilda Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan.

Shuningdek Xalq deputatlari Mingbuloq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi. Ushbu masala yuzasidan viloyat hokimi, senator Xayrullo Bozorov ma’ruza qildi.

Sessiyada hozirda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Nurshod Nurmamatovich Xudoyberdiyevni Mingbuloq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining 2019 yil 20 martdagi 203-sonli qarori deputatlar e’tiboriga havola etildi. Deputatlar viloyat hokimining qarorini bir ovozdan tasdiqladilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан