Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda aqli noraso erkak o‘smir bolani zo‘rlamoqchi bo‘ldi
14.05.2019 13:29,  
11

Bosh prokuratura xorijiy OAVlar Namanganda 15 yoshli bola zo‘rlangani haqidagi xabarlarga raddiya berdi. Bu haqda «Daryo»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 5 may kuni N.Q. Namangan viloyati Uychi tumanida joylashgan ayollar mardikor bozoriga kelib, 8-sinf o‘quvchisi 15 yashar B.E. ismli o‘g‘il bolani 50 ming so‘m evaziga yollagan. Shundan so‘ng, N.Q. bola bilan birga Mirishkor MFYdan o‘qib o‘tuvchi Farg‘ona kanali bo‘ylab, mardikor bozordan taxminan 3 km masofada joylashgan bug‘doyzorga kirib, bola bilan jinsiy aloqa qilish uchun shimini yechishni taklif qiladi. B.E. uning taklifiga rozi bo‘lmay unga qarshilik ko‘rsatadi. Shunda N.Q. bolaning boshiga tosh bilan urib, unga tan jarohati yetkazib, voqea joyidan ketgan.

B.E. teri osti gematomasi, chap ko‘zi ostida qontalash jarohatlar hamda 2 va 4-barmoqlarida qontalash jarohatlari aniqlangan. Shuningdek, bolaga bosh miya yopiq shikasti, bosh miya gumbazi sinishi tashxisi qo‘yilgan. B.E. ahvoli o‘rtacha og‘ir.

Namangan viloyat Ruhiy kasalliklar shifoxonasi ekspertiza bergan ma’lumotga ko‘ra, N.Q. fikrlari sayozligi, bilish jarayoni pastligi, yurish-turishi, xatti-harakatlari aqli zaiflik fonida «shaxsiyatning psixoseksual buzilishiga» olib kelgan.

Uychi tumani IIB tomonidan 13 may kuni N.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан