Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda deputat IIV xodimining pogoni va ko‘krak nishonini yulib oldi (video)
18.04.2020 11:18,  
2793

Namanganda shahar kengashi deputati hamda ichki ishlar xodimlari o‘rtasida nizoli vaziyat sodir bo‘lgan. IIV axborot xizmatining xabariga ko‘ra deputat avvaliga yuridik shaxslarga beriladigan davlat raqamiga ega Malibuʼsining majburiy sug‘urta muddati o‘tib ketgani sabab ichki ishlar xodimlari bilan tortishgan va mashinani jarima maydoniga olib ketilishi qonunga va deputatlik daxlsizligiga zid ekanini ta’kidlagan.

Keyinchalik 2020 yil 15 aprel kuni soat 21:45 larda Xalq deputatlari Namangan shahar kengashi deputati T.M. o‘ziga tegishli bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinasida sherigi bilan birga Yangiqo‘rg‘ondan kelayotib, “Qizilko‘prik” postidan Namangan shahriga kirmoqchi bo‘lganida IIB xodimi tomonidan to‘xtatilgan. Hujjatlar ko‘zdan kechirilganda avtomashina majburiy sug‘urta qilingan sana ko‘rsatilgan muddatidan o‘tib ketgani aniqlangan.

Avtomobil jarima maydoniga olib ketilishi tushuntirilganda esa haydovchi yana avvalgidagi kabi deputatlik daxlsizligini ro‘kach qilgan. 2004 yilda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonunida deputat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va boshqa qonunlarga muvofiq amalga oshirishi belgilab qo‘yilgan. Mazkur qonunda deputat vakolatlari ham ko‘rsatib o‘tilgan, biroq transport vositasini hujjatsiz boshqarish huquqi mazkur vakolatlar qatoriga kiritilmagan, deyiladi IIV axborot xizmatining xabarida.

Deputat viloyat IIB katta inspektori, mayor Ilhomjon Abdurahmonovning qonuniy talablarini bajarmasdan avtomashinadan tushib, uning qo‘liga urgani natijasida profilaktika inspektorining telefoni yerga tushib, shikastlanishiga sababchi bo‘lgan. Viloyat IIB YHXB inspektori, safdor Husanboy Ziyoviddinov huquqbuzarni tinchlantirmoqchi bo‘lganida u xodimning pogoni va xizmat ko‘krak nishonini yulib olib, uloqtirib yuborgan.

Ushbu holat bo‘yicha 2020 yil 16 aprel kuni Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi, ya’ni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatib ularni qanday shaklda bo‘lmasin o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga, shuningdek, qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish ayblovi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан