Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda derazadan uloqtirilgan chaqaloqlar voqeasiga guvohlar izoh berdi (video)
12.09.2019 12:41,  
218

Namangan tumanida 23 yoshli ayol o‘zi va xonadoshining chaqalog‘ini tug‘ruqxonaning ikkinchi qavati derasidan pastga uloqtirgani, oqibatda chaqaloqlar halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

«Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturi muxbiri ushbu tug‘ruqxonada bo‘lib, voqea aslida qanday bo‘lganiga oydinlik kiritdi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Qayd etilishicha, har ikkala chaqaloq ham kesarcha kesish orqali dunyoga keltirilgan bo‘lib, ular intensiv xonada parvarishlanayotgan edi.

Tug‘ruqxonaning oliy toifali neonatologi Muhabbat Egamovaning aytishicha, chaqaloqda ko‘zga tashlanarli oyoq nuqsoni bo‘lmagan.

«Chaqalog‘imiz tug‘ilgan vaqtda tizza chanoq son bo‘g‘imi kontrakturasi deb qayd qilingan. Chaqaloqni travmatolog ko‘rgan, uni stabil holatga keltirib, muolajalar olayotgan edi. Onasiga bolang shunaqa tug‘ilgan, deb aytilmagan», — deydi Muhabbat Egamova.

9 sentyabr kuni navbatchilik qilayotgan Muhabbat Egamova tug‘ruqlar ko‘pligi sababli birinchi qavatdagi akusherlik bo‘limida bo‘lgan. Tonggi chamasi 04:30 larda tashqaridan chaqaloq ovozi kelayotganini eshitib, yordamga shoshadi.

«Zudlik bilan tug‘ruq zalini tark etib, o‘zimni tashqariga otdim. Tug‘ruqxonani orqa tomonida yerda yotgan ikki chaqaloqni ko‘rdim. Ularni olib, tug‘uruqxonaning intensive yordam ko‘rsatish bo‘limiga olib borib, birlamchi reanimatsiya muolajalarini o‘tkazdik», — deydi Muhabbat Egamova.

Muolajalar o‘tkazilishiga qaramay onaning farzandi tonggi soat 04:40 larda, ikkinchi chaqaloq esa 10:40 larda vafot etadi.

«Ikkalasi bir vaqtda farzandlarini dunyoga keltirdi, yonma-yon yotdi. U kelinchak men ko‘rganimda yaxshi edi. Uch kun yotganidan keyin boshqa xonaga o‘tdi. O‘sha kuni chaqaloq og‘irlashib qoldi, deb bizni chaqirishdi. Borsak, bola sarg‘ayib ketgan. Shifokorlar dastlab chaqaloqni tashlab yuborilganini aytishmadi. Bizga buni virus deb aytishdi», — deydi halok bo‘lgan ikkinchi chaqaloqning buvisi.

Holat bo‘yicha tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан