Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Namanganda yangi tuman tashkil etildi
8.09.2020 13:16,  
498

Namangan viloyati Namangan shahar tarkibida Davlatobod tumani qaytadan tashkil etildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 8 sentyabrda bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar beradi Qonunchilik palatasi matbuot xizmati.

Davlatobod tumani tarkibiga Namangan shahrining «Yuksalish», «Navro‘z», «Nurobod», «Gulshan», «Orzu», «Porloq», «Navbahor», «Mustaqillik», «To‘quvchi», «Umid», «Yangi tong», «Xalqlar do‘stligi», «Davlatobod», Quyi G‘irvon», «Yuqori G‘irvon», «O‘rta G‘irvon», «Bog‘», «Elobod», «Gulobod», «Irvadon», «Shishaki», «Quyi Rovuston», «O‘rta Rovuston», «Yuqori Rovuston» va «Yelxon» mahallalari hududlari o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Avvalroq, 26-27 iyun kunlari Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi davomida Davlatobod tumanini qaytadan tashkil etish masalasi ko‘tarilgan edi.

“Namangan shahrida bugungi kunda rasman 630 ming kishi istiqomat qilmoqda. Amalda 800 mingdan ko‘p. Millionchi shahar bo‘lish yaxshi, mana, Samarqand ham bunga intilyapti. Lekin aholi soni ko‘paygan sari shunga yarasha hal etilishi zarur bo‘lgan masalalar ko‘lami ham ortib boradi. Shu bois Namangan shahrida Davlatobod tumanini qayta tashkil etish taklif qilinmoqda”, — degan edi davlat rahbari.

Ma’lumot uchun, Namangan shahri tarkibida avval ham Davlatobod tumani bo‘lgan, biroq 2004 yilda ushbu tuman tugatilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан