Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






NATO Rossiyani Vena shartnomasini yangilashda ishtirok etishga taklif qildi
15.05.2020 11:38,  
227

NATO Rossiyani ishonch, xavfsizlikni ta’minlash va YeXHT mintaqasidagi harbiy mojarolar xavfini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilovchi Vena shartnomasini yangilashda ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda Alyansning harbiy qo‘mitasi raisi Styuart Pitchga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda. 

"Biz ko‘proq shaffoflik bo‘lishi uchun Rossiyani Vena hujjatini modernizatsiya qilishda ishtirok etishga chaqiramiz", - dedi janob Pitch.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi paytda Ochiq osmon to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha aniqliklar yo‘q va qurollarni boshqarish arxitekturasi "yemirilishga moyil".

"Ochiq osmon shartnomasi to‘g‘risida hozircha aniqlik yo‘q, ammo alyans o‘nlab yillar davomida qurol nazorati bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Qurol nazorati arxitekturasi yo‘q qilinmoqda, Rossiya o‘zining xalqaro majburiyatlarini bajarmayapti. Biz esa o‘z qurol nazoratimizni saqlashimiz kerak — bu NATOning siyosati ", - deya qo‘shimcha qildi u.

Vena shartnomasi YeXHT shafeligida Rossiya va NATOning xavfsizlik sohasidagi hamkorligi uchun tuzilgan. Hujjat 1991 yilda imzolandi, ammo keyin bir necha bor yangilandi. Unda Yevropada harbiy mojarolarning oldini olishning asosiy mexanizmlari, shuningdek, harbiy mashqlar to‘g‘risida xabar berish qoidalari mavjud.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан