Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






OPEK+ davlatlari kelisha olmadi. Neft narxi 31 dollargacha tushib ketdi
9.03.2020 12:08,  
253

Neft narxining pasayishiga koronavirus tufayli neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha OPEK + davlatlari kelisha olmaganligi sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda TASS.

London birjasida ICE savdosi paytida Brent markali neftni yetkazib berish uchun fyuchers narxi 42,6 %ga pasaygan va bir barrel neft narxi 31,74 dollarga tushib ketgan.

Apreldagi WTI neft fyucherslarining narxi 48,9 foizga pasayib, bir barreli uchun 27,72 dollarni tashkil etdi.

OPEK + davlatlari Venadagi muzokaralar davomida koronavirus tufayli neftga talab pasayishi sharoitida uni qazib olishni qisqartirish bo‘yicha o‘zaro kelisha olmadi. Neft qazib oluvchilarning kelisha olmagani fonidagi xabarlar tarqalayotgan bir paytda jahonda neft narxi tushib bormoqda.

OPEK 2020 yil oxiriga qadar neft qazib olishni kuniga 1,5 million barrelga kamaytirishni taklif qilgan edi. Biroq, Rossiya va Qozog‘iston bu taklifga qarshi chiqishdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан