Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nega O‘zbekistonda bir kun ichida koronavirus yuqtirganlar soni keskin ortib ketdi?
7.04.2020 17:30,  
6786

Avval ma’lum qilganimizdek, bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Atabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifing davomida muhim savollarga javob qaytarildi.

Savol: Vakolatli tashkilotlar bir kunda zararlanganlarning soni keskin ortayotgani NIMA BILAN BOG‘LIQ ekani to‘g‘risidagi savolga javob berishlari mumkinmi? Bu vahimani ko‘paytirmoqda. Aynan qaysi karantin muassasasida ortish kuzatilmoqda?

Javob: Kasallanish sonining ortishi asosan karantinga olingan bemorlarda aniqlanayotgani bilan bog‘liq.

Avval ham ma’lum qilganimizdek, bugungi kunda uy sharoitida — 61 715 kishi, statsionar karantinda — 23 316 kishi karantinga olingan. Ularning barchasi koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yoki epidemik noxush vaziyatli mamlakatlar keltirilgan.

Vahimaga asos yo‘q. Mutaxassislar va jalb qilingan soha vakillari ishlashmoqda. Ularning har birlarining vazifalari aniq va ular rejaga ko‘ra o‘z ishlarini bajarishmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан