Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nemis kompaniyasi COVID-19 vaksinasini odamlarda sinashga ruxsat oldi
18.06.2020 23:41,  
386

Germaniyaning CureVac kompaniyasi koronavirusga qarshi o‘z vaksinasining birinchi bosqichini Germaniya va Belgiyada o‘tkazishga ruxsat oldi, sinovlarda 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 168 kishi qatnashadi, deya xabar beradi RIA Novosti.

"SARS-CoV-2 infeksiyasini oldini olish uchun odam RNK asosida vaksina tayyorlash uchun klinik hamda klikkacha bo‘lgan davrdagi sinovlarda muvaffaqiyat qozonayotgan biofarmatsevtika kompaniyasi CureVac AG nemis regulyatori Paul Erlix instituti va Belgiyaning FAMHP agentligi tomonidan SARS-CoV-2 infeksiyasi vaksinatsiyasi tadqiqotlarining klinik birinchi bosqichi uchun ruxsat berilganini ma’lum qildi. Tadqiqotlar Germaniya va Belgiyada olib boriladi. Ilk tadqiqotlar Tubingendagi Tropik tibbiyot instituti, Gent universiteti kasalxonasi, Myunxendagi LMU universitet kasalxonasining Tropik tibbiyot instituti hamda Gannover tibbiyoti maktabida o‘tkaziladi ”, - deyiladi xabarda.

Vaksinani ishlab chiqish 2020 yil boshida boshlangan, birinchi bosqichda "18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan 168 sog‘lom ko‘ngilli vaksinatsiya qilinadi. Tadqiqotning maqsadi maqbul dozani aniqlash va uning xavfsizligini, shuningdek, odamning preparatga immunitetini oshirishdir.

Paul Erlix institutining chorshanba kuni xabar berishicha, kelgusi oylarda Germaniyada koronavirus vaksinalarining boshqa klinik sinovlari boshlanadi. Agentlik veb-saytida pandemiyaga qarshi samarali kurashda bemorlarning har xil ehtiyojlarini qondirish uchun bir nechta vaksinalar kerakligi aytilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан