Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Nima men odam emasmanmi?" - Qodirov infeksiya haqidagi xabarlarga javob berdi
28.05.2020 10:38,  
1134

"Nima men odam emasmanmi?" - Qodirov infeksiya haqidagi xabarlarga javob berdi

 

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning aytishicha, u Moskvada koronavirus bilan gumon qilinib kasalxonaga yotqizilgani haqidagi mish-mishlar fonida "mutlaqo sog‘lom"ligini ma’lum qildi.

"Agar men kasal bo‘lgan bo‘lsam ham, dunyodagi millionlab odamlar koronavirus bilan kasallangan, o‘n minglab odamlar vafot etgan, nima men odam emasmanmi? Kasal bo‘lishga haqqim yo‘qmi? Tomizgich olish va immunitetimni oshira olmaymanmi? Men mutlaqo sog‘lom odamman", - dedi Qodirov yordamchisi Ahmad Dudayevning Instagram'idagi jonli efirda. 

Ramzan Qodirovning Instagram sahifasi bloklandi

Shuningdek, Checheniston rahbari yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda nima uchun qo‘lida kateter izi borligi haqidagi savolga javob berdi. U Moskva shahridagi Markaziy Klinik kasalxonaga yotqizilgani haqida OAVdagi ma’lumotlarga izoh berib, u yerda har yili tibbiy ko‘rikdan o‘tishini aytdi.

"Buni men o‘ylab topmaganman, hamma viloyat rahbarlari shunaqa qiladi". 

Qodirovning ta’kidlashicha, pandemiya boshlangandan beri Grozniyda muntazam tekshiruvlar o‘tkazilib kelinmoqda. "Pandemiya boshlanganidan beri men ikki marotaba kompyuter tomografiyasini o‘tkazdim, bir necha marta qon tekshiruvlarini o‘tkazdim va muntazam ravishda tekshiruvlardan o‘taman. Men odamlar bilan aloqada bo‘laman, shuning uchun [вирус] tashuvchi bo‘lmaslik uchun harakat qilaman. odamlar bilan aloqa qilyapman. Har kim sog‘lom bo‘lish uchun harakat qilishga majbur”, - dedi Qodirov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u Ramazon hayitini uyda yolg‘izlikda nishonlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан