Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Nobelning mukofot puli miqdori oshirildi
24.09.2020 15:41,  
668

2020 yilda Nobelning har bir yo‘nalishi bo‘yicha mukofot miqdori 10 million shved kronasiga (taxminan 1 million dollar) yetkaziladi. 

"Bu yil yutuqlari bizni ilhomlantiradigan va kelajakka umid baxsh etadigan laureatlarni qadrlash va qo‘llab-quvvatlash ayniqsa muhimdir. Yaqinlashib kelayotgan Nobel haftaligi munosabati bilan biz bu yil mukofot 1 million kronga (taxminan 100 ming dollar - taxminan) ko‘paytirilishini e’lon qilishdan mamnunmiz", - dedi Nobel jamg‘armasi rahbari Lars Xeykensten.

Ta’kidlanishicha, 2012 yildan buyon fondning investitsiya kapitali 3 milliarddan 4,6 milliard krongacha (300 dan 460 million dollargacha) o‘sdi, shu bilan bog‘liq ravishda har yili beshta Nobel mukofoti to‘lanadigan daromad oshdi.

Nobel mukofotining hajmi 2011 yilgacha 10 million kronni tashkil etgan edi, o‘shanda Jamg‘arma daromadlari kamayganligi sababli u 8 milliongacha kamaytirildi. 2017 yilda mukofotlar 9 million kroongacha oshirildi.

Adabiyot, kimyo, fizika, tibbiyot va tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotlari laureatlari 5 oktyabrdan boshlab e’lon qilinadi. An’anaga ko‘ra sovrinlarni topshirish 10 dekabrda, Nobel mukofotining asoschisi Alfred Nobel vafot etgan kuni bo‘lib o‘tadi. Bu yil dunyoda koronavirus tarqalishi sababli Stokgolm shahar meriyasida an’anaviy ziyofat bekor qilindi va medal va diplom topshirish marosimi onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан