Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi" pochta markalari muomalaga kiritildi
6.09.2016 16:24,  
5

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligini nishonlash tadbiri doirasida maxsus pochta markalari turkumi "O‘zbekiston pochtasi" AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan muomalaga kiritildi.

Ushbu pochta markalarida mustaqillik davrida qurilgan zamonaviy arxitektura bino va inshootlari, sanoat va mashinasozlik rivoji hamda iqtisod, sog‘liqni saqlash, sport, ta’lim sektorlari tasvirlangan, deb xabar beradi "O‘zbekiston pochtasi" AJ.

Turkum 8ta pochta markasidan iborat (markazida kuponi bilan), kichik varaq ko‘rinishida tayyorlangan. Adadi 8000 nusxa.

Pochta markalariga quyidagicha identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan:

1162. «Bunyodkor» stadioni (Toshkent sh.) -€“ 1200 so‘m. 
1163. «Minor» masjidi (Toshkent sh.) - 1200 so‘m. 
1164. Ustyurt gaz va kimyo kompleksi -€“ 1500 so‘m. 
1165. Chevrolet avtomobili (Cobalt) -€“ 1500 so‘m. 
1166. «Afrosiyob» elektropoyezdi -€“ 2100 so‘m. 
1167. TATU magistratura bitiruvchilari -€“ 2100 so‘m. 
1168. Vatan himoyachilari -€“ 2500 so‘m. 
1169. Baxtli ona va bola -€“ 2500 so‘m.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан