Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston televideniyesida jonli efirlar bekor qilindi
23.08.2017 09:53,  
7

Moderator Sherzodxon Qudratxo‘jayev boshchiligida olib borilgan Xalqaro press klub sessiyalari endi yaqindagina tashkil etilgan «O‘zbekiston 24» va boshqa telekanallar efirida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilmaydigan bo‘ldi, deb yozmoqda "Kun.uz" nashri.

Press klubning Telegram messenjeridagi jurnalistlar bilan axborot almashinuv guruhida 23 avgust kuni soat 11:00da xalq ta’limi vazirligi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan sessiyasi jonli efirda uzatilmasligi haqida xabar berildi.

Hozircha Xalqaro press klubning to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmasligi borsida biror bir rasmiy izoh berilganicha yo‘q.

Shuningdek, «O‘zbekiston» telekanalida «Munosabat» ko‘rsatuvi ham efirdan yo‘qolgan. Quddus A’zam boshlovchiligidagi bu ko‘rsatuv har haftada 4-5 marta jonli efirda uzatilib kelinayotgandi.

Xabarlarga ko‘ra, MTRK Media markazida 21 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda shunday qaror qabul qilingan. 21 avgust kungi yig‘ilishda biroz avvalroq MTRK raisi o‘rinbosarligidan olinib, «O‘zbekiston» telekanaliga rahbar etib tayinlangan Xayrulla Nuriddinov yana lavozimiga qaytarilgan, «O‘zbekiston 24» telekanali rahbari Ozod Hamidxo‘jayev lavozimdan olingandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан