Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik erkak Sankt-Peterburgda 10-qavatdan qulab tushib, omon qoldi
18.02.2019 12:14,  
2

Rossiyaning Leningrad viloyati Sankt-Peterburgda Murinodagi  turar joy hududida  olib borilayotgan qurilish ishlari vaqtida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan mehnat muhojiri 10-qavatdan qulab tushdi.  “Fontanka” internet nashri xabariga asosan.

Xabarda aytilishicha, montajchi bo‘lib ishlagan yosh yigitni boshi, ko‘krak qafasi, qorin va tos jarohatlari bilan shifoxonaga olib borishgan. Unda umurtqa sinishi va bosh suyak-miya jarohati qayd etilgan, shifokorlar uning hayotini saqlab qolishgan.

Sankt-Peterburg huquq-tartibot organlari bu mehnat muhojiri O‘zbekistondan kelgani, 23 yoshdaligi va Rossiya hududida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmaganini aniqlashgan.

Hodisaga texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinmagani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан