Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oila a’zosida koronavirus aniqlansa va bolalar ham test topshirishi kerakmi?
4.08.2020 14:51,  
345

Kecha AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda muhim savollarga javob qaytarildi:

Savol: Tibbiy niqoblarni spirt eritmasi bilan ishlov berish mumkinmi?

Javob: Tibbiy niqoblarga spirt bilan ishlov bermaslik kerak. Tibbiy niqoblarni spirt bilan namlab nafas olinganda bir qancha asoratlar rivojlanishi mumkin:

  • - og‘iz atrofidani teri qavatida kuyish,
  • - burun shilliq qavatini shikastlanishi va hid bilish qobiliyatini pasayishi.

Savol: Oilamiz a’zosida koronavirus kasalligi tasdiqlansa va uyda bolalarda ham kasallik alomatlari paydo bo‘lsa, ularda ham test o‘tkazish kerakmi? Test natijasi chiqquniga qadar shifokor ko‘p suyuqlik ichiring, deb ORS-suyuqligini tavsiya qildi. Lekin bolalarim suyuqlik ichsa, qayt qilib yuboryapti. Bunday holatda nima qilish zarur?

Javob: Hozirgi holatda test topshirish shart emas, bolada kasallikning ichak shakli o‘tayotgan bo‘lishi mumkin. Shifokorga suvni ham qusayotgani va diareya holati haqida ham xabar bering.

Tana harorati ko‘tarilishi, qusish va diareya holatlari birgalikda kechganida bolada suvsizlanish rivojlanishi kuchayadi.

Shifokor nazorati ostida avval qusishni to‘xtatishga, so‘ngra ORS-suyuqliklarni qultumlab ichishni ko‘paytirishga harakat qiling.

Bolani tana harorati tushguniga qadar doimiy ravishda shifokor nazoratida bo‘lishi kerak. Zarurat tug‘ilganida shifokor dori vositalarni kasallik kechuvidan kelib chiqib tavsiya etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан