Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Olimlar koronavirusga chalinish xavfi eng yuqori bo‘lgan joylarni ma’lum qildi
8.07.2020 18:06,  
218

Rossiyalik virusolog va immunologlar koronavirus infeksiyasi yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan joylarni ro‘yxatga olishdi. Bu haqda «Izvestiya» gazetasi xabar bermoqda.

Mutaxassislar yaxshi shamol aylanmaydigan joyni eng xavfli joy deb atashdi. "Bu xonaning maqsadiga emas, balki unda shamollatish tizimi qandat yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liq. Agar havo aylanishi yomon bo‘lsa, har qanday yopiq joy xavf tug‘diradi", - dedi MFTI genom muhandisligi laboratoriyasi rahbari Pavel Volchkov.

Odamlar uzoq vaqt davomida yaqin aloqada bo‘lishiga to‘g‘ri keladigan joylar ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasidan o‘rin olgan. Bunday joylar sirasiga jamoat transporti, uylar yaqinidagi do‘konlar va dorixonalar kiradi.

Eng xavfli joylar ro‘yxatida uchinchi o‘rinni barlar, restoranlar va klublar egalladi. Bundan tashqari, mutaxassislar odamlar tez-tez boradigan ibodatxonalar va jamoat joylariga (fitnes klublari, teatrlar, konsert maydonchalari) tashrif buyurishda ehtiyot bo‘lishni ogohlantirmoqda.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан