Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Organizmda pnevmoniyadan keyin qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
12.08.2020 15:21,  
955

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva pnevmoniya haqida muhim ma’lumotlar berdi:

"Pnevmoniya bilan kasallangan organizmning tiklanishi oson jarayon emas. Bu o‘pkaning shikastlanish darajasi va intoksikatsiya bilan bog‘liq bo‘ladi.

Pnevmoniyada kislorod va nafas yetishmovchiligi kuzatiladi. Shuning uchun tiklanish jarayoni bir qancha vaqt talab etadi.

Pnevmoniyadan so‘ng kuzatilgan noxushlik va kuchli holsizlik temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Temir moddasi yallig‘lanish jarayonlarida organizmda faol qatnashadi. Bundan tashqari, surunkali yurak yetishmovchiligida, buyrak yetishmovchiligi kabi holatlarda ham kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda davolovchi shifokor bilan maslahatlashish zarur. Bemor holatidan kelib chiqib mos bo‘lgan preparatni qabul qilish tavsiya etiladi.

Doimiy hansirash pnevmoniyadan tashqari quyidagi kasalliklarda kuzatilishi mumkin:

  • - Yuqori nafas yo‘llari va o‘pka kasalliklarida;
  • - Yurak kasalliklarida;
  • - Qon kasalliklarida;
  • - Kamharakat hayot tarzi – bunda biroz jismoniy harakatda hansirash paydo bo‘lishi mumkin;
  • - O‘RVI yoki boshqa infeksion kasalliklar fonida.
  • Hansirash jiddiy belgi hisoblanadi, shuning uchun siz tashxisni aniqlashtirish maqsadida shifokorga murojaat qilishingiz zarur!

Oddiy grippga qarshi vaksina koronavirus infeksiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi" - deydi mutaxassis.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан