Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"O‘rikzor" bozori yana ochildi (foto)
4.06.2020 15:39,  
452

4 iyun, payshanba kuni Toshkentdagi "O‘rikzor" savdo majmuasi 14 kunlik karantindan keyin qaytadan faoliyat ko‘rsata boshladi, deya xabar beradi Uchtepa tuman hokimligi.

Istisno tariqasida "Stroygorod" savdo majmuasi hozircha ochilmaydi.

Foto: Uchtepa tuman hokimligi 

"So‘nggi bir necha kun davomida Uchtepa tumani sektori rahbarlari "O‘rikzor" savdo majmuasi hududida xavfsizlik choralarining tayyorlanishini kuzatdilar", - deyiladi xabarda.

Foto: Uchtepa tuman hokimligi

Savdo markazida uchta dezinfeksiya tunneli, ijtimoiy masofa belgilari, issiqlik izlari va yuk tashuvchi avtoulovlar uchun maxsus dezinfeksiya to‘sig‘i o‘rnatildi.

Foto: Uchtepa tuman hokimligi 

Bundan tashqari, sotuvchi va xaridor o‘rtasida maxsus ajratgichlar o‘rnatilib, og‘ir epidemiya sharoitida o‘zini tutish qoidalarini eslatuvchi plakatlar butun bozor hududiga osib qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, "O‘rikzor" savdo majmuasi sotuvchilardan birida koronavirus topilganidan keyin 23 may kuni vaqtincha yopilgan edi. Keyinchalik kasallik uning oilasi a’zolarida ham aniqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан