Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘sh shahar delegatsiyasi Toshkentga tashrif buyurdi 
20.01.2020 16:05,  
174

Bugun Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Baxtiyor Raxmankulov Qirg‘iziston Respublikasi, O‘sh shahar hokimligining delegatsiyasini qabul qildi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, O‘sh obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xo‘jaligi kombinatining rahbari Daniyar Toktorbayev boshchiligidagi delegatsiyani kutib olgan Raxmankulov mehmonlarga uy-joy, kommunal xo‘jaligi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, issiqxona xo‘jaliklari sohasida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

Foto: tashkent.uz

Hokim o‘rinbosari mamlakatlarimizni qadimdan qardoshlik aloqalari bog‘lab turganini va biz bir-birimizdan ko‘p narsalarni o‘rganishimiz mumkinligini ta’kidladi. Raxmankulov mehmonlarni davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil qilingan Flowers Garden xo‘jaligi hamda rekonstruksiyasi yaqinda yakunlangan Toshkent Botanika bog‘iga taklif qildi.

Uchrashuvda ishtirok etgan Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasining boshlig‘i Azamjon Rizashov boshqarmaning faoliyati, unga tegishli 500 dan ortiq birlikka ega maxsus texnika jamlanmasi haqida so‘z yuritib, ushbu texnikaning katta qismi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotganini qayd etdi. Shuningdek, u hamkorlik va tajriba almashinuviga tayyorligini bildirdi. O‘shlik landshaft dizayni bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish ishlarini tashkillashtirishga oid iltimosiga javoban esa kerakli ko‘makka tayyor ekanligini ta’kidladi.

Foto: tashkent.uz

Uchrashuv yakunida taraflar obodonlashtirish, landshaft dizayni, irrigatsiya va drenaj tizimlari sohasidagi mutaxassislarning tajriba almashinuvi hamda keng ko‘lamli o‘zaro hamkorlik haqida kelishib oldilar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан