Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Oxirgi uch yilda kuch ishlatar organlar tomonidan qiynoq va tazyiqlar qilinganligi yuzasidan 757 ta ariza tushgan – Bosh prokuratura
29.05.2020 15:41,  
206

Bugun 29 may kuni Bosh prokuraturada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) bilan hamkorlikda brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda Bosh prokuratura huzurida faoliyat olib borayotgan Jinoyat-ijroiya qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo ekspert guruhining yetakchi mutaxassislari va Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ham ishtirok etdi.

Tadbirda, qiynoqlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari va prezidentning «Tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish faoliyatida qiynoqning oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi haqida so‘z bordi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda qiynoqning oldini olish maqsadida vaqtincha saqlash, tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalariga 3 mingdan ortiq audio hamda video yozuv uskunalari o‘rnatildi.

Tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida advokatlar uchun jihozlangan 69 ta xona tashkil etildi.

Hozirgi vaqtda inson huquqlarining kafolatlarini mustahkamlash borasida o‘tkazilayotgan islohotlar natijalaridan kelib chiqqan holda, tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish faoliyatida qiynoqning oldini olish tizimini takomillashtirish zarurati quyidagilar bilan izohlanadi:

birinchidan, qiynoqning oldini olish bo‘yicha milliy tizim xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga to‘liq muvofiq emas.

Bu esa, mamlakatimizning nufuziga hamda xalqaro reyting va indekslardagi o‘rniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi deyiladi prokuratura xabarida.

Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi tomonidan har yili e’lon qilinadigan Inson taraqqiyoti indeksida (Human Development Index) O‘zbekistonning o‘rni so‘nggi yigirma yilda ijobiy tomonga o‘zgarmagan.
Inson taraqqiyoti indeksining baholovchi ko‘rsatkichlaridan biri - insonning fundamental huquqlari, shu jumladan qiynoqning oldini olish bo‘yicha xalqaro shartnomalarning ratifikatsiya qilinishi va amal qilinishi holatini aks ettiradi;

ikkinchidan, qiynoq bilan bog‘liq holatlarning so‘ngi vaqtda ko‘payishi kuzatilayotganligi aholini o‘rinli tashvishga solmoqda.

Mamlakatimizda 2017 yilda 7 ta, 2018 yilda 10 ta, 2019 yilda esa 16 ta qiynoqqa solish jinoyati, ya’ni Jinoyat kodeksining 235-moddasida nazarda tutilgan jinoyat (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) qayd qilingan, natijasi bo‘yicha aybdor shaxslarning javobgarlik masalasi hal etilgan;

uchinchidan, qiynoqqa doir murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda qiynoq holatlariga doir ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishning bugungi holati talabga to‘liq javob bermaydi.

So‘nggi uch yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qiynash, qo‘rqitish va boshqa tazyiqlar qilinganligi yuzasidan 757 ta (2019­-208, 2018-352, 2017-197) ariza va xabarlar kelib tushgan bo‘lsa, ularning 33 tasi (2019-16, 2018-10, 2017-7), ya’ni 4,4 foizi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan;

to‘rtinchidan, jinoyat ishini yuritish chog‘ida ushlab turilgan shaxslarning yagona elektron reyestrini yuritish tizimini yo‘lga qo‘yish jiddiy zaruratga aylangan, chunki jinoyat ishini yuritish chog‘ida ushlab turish jarayonida belgilangan muddatdan ortiqcha vaqt davomida ushlab turish, ushlab turish boshlangan vaqtni kechiktirib ko‘rsatish, g‘ayriqonuniy ravishda ushlab turish kabi holatlar kuzatilmoqda;

beshinchidan, qiynoqdan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rni qoplanishini ta’minlash hamda ularga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish ishlarini takomillashtirishni davrning o‘zi talab etmoqda.

Amaliyot tahlil qilinganda qiynoqdan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi va ularga ko‘rsatilgan yordam (ijtimoiy, huquqiy, psixologik) masalalari bo‘yicha aniq statistik ma’lumotlarni yuritish tizimi yo‘lga qo‘yilmaganligi ma’lum bo‘ldi;

oltinchidan, qiynoqning barvaqt oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va boshqa mutasaddi organlarning faoliyatlarini o‘zaro muvofiqlashtirgan holda ushlab turilgan va qamoqqa olinganlar saqlanadigan joylarga muntazam ravishda monitoring tashriflarini amalga oshirishini yo‘lga qo‘yish zarurati yuzaga kelgan;

yettinchidan, BMTning Qiynoqqa qarshi qo‘mitasi tomonidan 2020 yil 14 yanvarda bildirilgan O‘zbekistoning beshinchi davriy hisoboti bo‘yicha yakuniy e’tirozlarda qiynoqning oldini olish tizimini xalqaro-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqlashtirish, shuningdek qiynoqning barvaqt oldini olish, qiynoqqa doir murojaatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish, qiynoqdan jabrlanganlarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha samarali huquqiy, institutsional mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha qator tavsiyalar berilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан