Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston birjasida ilk bor ECO-93 turkman benzini sotuvga qo‘yildi
18.09.2020 16:48,  
315

Turkmanistonning ECO-93 import benzini birinchi marta O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining birja savdolariga chiqarildi. Bu haqda O‘zRTXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avtobenzinni 2011 yil Qashqadaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan Nara-Komfort Servis MChJ yetkazib beradi. Tovarning boshlang‘ich narxi 100 kilogramm uchun 600 ming so‘mni tashkil etadi. Bir tonna benzin o‘rtacha 1293-1370 litrdan iborat.

Birja savdolarida ishtirok etish uchun O‘zRTXB AJda onlayn akkreditatsiyadan o‘tish va birjaning brokeri bilan shartnoma tuzish lozim.

YeSO-93 avtobenzini Turkmanistonda 2019 yildan buyon ishlab chiqariladi. YeSO-93 avtobenzinidan foydalanilganda zararli chiqindilar miqdori – oltingugurt oksidi 50 barobar, azot oksidi – 5 barobar, uglerod oksidi – 2 barobar, uglevodorod 20 foizgacha kamayadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан