Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston Jinoyat kodeksidan ikki modda chiqarib tashlanishi mumkin
1.12.2019 13:34,  
1319

Adliya vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Jinoyat kodeksidan 2 ta modda chiqarib tashlanishi mumkin. Hozirda qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar portalida muhokamaga qo‘yilgan.

Adliya vazirligi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda belgilangan talablarni buzganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qonun hujjatlari mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga muvofiqligini tahlil qilib, javobgarlikni liberallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqqan.

Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 189-moddasida belgilangan savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni chiqarib tashlash taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 192-moddasidagi raqobatchini obro‘sizlantirish uchun belgilangan jinoiy javobgarlikni chiqarib tashlash ham taklif etilmoqda.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda raqobat muhitini shakllantirish va monopolistik faoliyatga qarshi kurashishga doir ijtimoiy munosabatlar “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi.

Ushbu qonunning 27-moddasida raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish belgilangan bo‘lib, jinoiy javobgarlikka tortilish masalasi nazarda tutilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан