Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston koronavirus bo‘yicha antirekord o‘rnatildi - bir kunda +237
8.06.2020 05:26,  
1935

7 iyun, yakshanba kuni O‘zbekistonda korovanirusga chalinish bilan bog‘liq 237 ta holat aniqlandi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar qiladi.

Karantin markazida – 20, Toshkent shahrida – 195, Toshkent viloyatida – 10, Xorazm viloyatida – 8, Sirdaryo viloyatida – 4 kishida kasallik aniqlangan.

Manba: Sog‘liqni saqlash vazirligi 

Hozirda jami kasallanish holati 4331 taga yetdi. Shu vaqtga qadar 17 bemor koronavirus infeksiyasidan vafot etgan. 3354 nafar bemor sog‘ayib ketdi.

7 iyun holatiga ko‘ra, sog‘ayganlar — 86 nafar. Davolanmoqda — 960. Ahvoli og‘ir — 6. O‘ta og‘ir — 2.

7 iyunda bir kunda aniqlangan yangi kasallar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi. O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holati aniqlangandan buyon shu vaqtgacha kunlik kasallar soni 200 kishiga ham yetmagandi. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallanish holatlari bo‘yicha kunlik eng yuqori ko‘rsatkich 14 aprel kuni qayd etilgan, o‘shanda 167 kishida kasallik tasdiqlangan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан