Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekiston va AQSh birgalikda investitsiya fondi yaratishni rejalashtiryapti
13.10.2020 13:27,  
118

O‘zbekiston va AQSh mamlakatimizda qo‘shma investitsiya fondi yaratish g‘oyasini muhokama qildi. Muzokaralar Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasining (DFC) bosh ijrochi direktori Adam Boler tomonidan o‘tkazildi.

Suhbat davomida tomonlar transport-logistika sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning amaliy jihatlarini ko‘rib chiqdilar.

Amerika tomoni O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga va infratuzilma loyihalarini birgalikda moliyalashtirishga tayyorligini tasdiqladi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi savdo hajmi o‘tgan yilga nisbatan 492,9 million dollardan 177,1 million dollarga tushgan. 1oktabr holatiga ko‘ra respublikada Amerika kapitali ishtirokidagi 276 kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан