O‘zbekiston valyuta birjasidagi 8 aprel kungi savdolarda 1 AQSh dollari 38 so‘mga qimmatlashib, 9701 so‘mga yetdi.

Bir hafta avval, 2 aprel kuni, birjada dollar kursi 9 600 so‘mdan oshgandi.

Ayni paytda O‘zbekiston banklarida xarid kursi 9680—9720 so‘m oraliqdadir (bankomatlarda 9400—9700 so‘m). Aksariyat banklarda 1 dollar 9750 so‘mdan sotilmoqda, bu — bir hafta avvalgidan 100 so‘mga qimmat.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank 7 apreldan dollarning rasmiy kursini 9590,10 so‘m etib belgilagan edi.