Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ayrim davlat xizmatlari xususiy sektorga o‘tkaziladi
19.05.2020 21:05,  
984

Avval xabar qilganimizdek, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 may kuni tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, yil boshida xususiy notariuslikka ruxsat berilgani natijasida 617 ta davlat notariusi xususiy bo‘ldi va byudjetdan berilayotgan 200 milliard so‘m iqtisod qilindi.

Xuddi shuningdek, hozirgi kunda davlat idoralari ko‘rsatayotgan kadastr hujjatlarini tayyorlash, yer ajratishda toposuratga olish kabi xizmatlarni xususiy sektorga o‘tkazilsa, minglab yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligiga aniq hisob-kitob asosida, xususiy sektorga o‘tkazish mumkin bo‘lgan davlat xizmatlari ro‘yxatini shakllantirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda tadbirkorlar bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim tuman va shahar hokimlarini vazifasidan ozod qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан