Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Islom dinidan boshqa konfessiyalarda ham ommaviy ibodatlar to‘xtatildi
16.03.2020 17:53,  
230

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi yirik islomiy tashkilotlar va ulamolarning fatvo va xulosalari asosida o‘z fatvosini qabul qildi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ma’lum qilishicha, o‘z navbatida, boshqa diniy konfessiyalarda ham o‘rnatilgan tartibda ommaviy ibodatlar, marosimlar vaqtinchalik to‘xtatildi. Shuningdek, ularga qarashli diniy ta’lim muassasalarining (seminariya va monastr) talaba-o‘quvchilari ham ta’tilga chiqarilgani ma’lum qilindi.

Karantin davrida barcha diniy tashkilotlarda, jumladan masjidlarda, cherkov va ibodatxonalar, diniy ta’lim muassasalari, madrasalar, seminariya va monastrlarda to‘liq dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fatvoga ko‘ra, barcha musulmonlarni quyidagilarga chaqirdi:

– Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashgungacha juma namozlari o‘rniga uyda peshin namozini o‘qisinlar. Shuningdek, besh vaqt namozlarni ham uyda ado etsinlar.

– Janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoshlari ishtirokida xonadonlarda o‘qilsin.

– Masjidlarda namoz vaqtini bildirish uchun azon o‘z vaqtida aytilsin.

– Mo‘min-musulmonlar imkon qadar kasallikni tarqalishining oldini olishga o‘z hissalarini qo‘shsinlar.

– Har bir musulmon ibodatlar va duolarda Alloh taolodan ushbu kasallikni daf qilishini so‘rab, ixlos bilan iltijo qilishlari lozim.

– Dinimiz poklikka buyurar ekan, kasallikning oldini olish borasidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilish har bir musulmonning vazifasidir.

– Karantin davrida masjidlar va tahoratxonalarda Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyalari asosida davriy dezinfeksiya ishlari o‘tkazilsin.

Bunday vaziyatlarda oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zarur vositalarni narxini oshirish, sun’iy ravishda taqchillikni yuzaga keltirish hamda aholi o‘rtasida turli vahimali xabarlarni tarqatish shar’an haromdir.

Ushbu fatvo virus aniqlangan musulmon mamlakatlar hamda boshqa o‘lkalardagi yirik islomiy tashkilotlar va ulamolarning ushbu masaladagi fatvo hamda xulosalarini hisobga olgan holda qabul qilindi, deyiladi O‘zbekiston musulmonlar idorasi fatvosida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан