Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar 10 nafarga yetdi
17.03.2020 11:49,  
1425

15 mart kuni soat 05:15 da “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga qarashli Istanbul–Toshkent yo‘nalishidagi 274-reys bilan kelgan bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining ma’lum qilishicha, Istanbuldan mazkur reys bilan birga kelgan bemorning turmush o‘rtog‘i va yana bir fuqaroda ham ushbu infeksiya tasdiqlangan.

Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 10 nafarga yetdi. Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan ushbu bemorlarning ahvoli hozircha qoniqarli bo‘lib, shifokorlar tomonidan standartlar asosida davolash muolajalari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан