Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda tergov sohasidagi kadrlarni tayyorlaydigan oliygoh tashkil etiladi
11.08.2020 17:37,  
485

Avval xabar qilganimizdek, «Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

  • «Elektron jinoiy-huquqiy statistika» yagona axborot tizimida yaratilgan jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarni elektron ro‘yxatga olish va ularni ko‘rib chiqish natijalarining yagona elektron hisobini yuritish imkonini beruvchi dasturiy modulni barcha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarga ulanishini va 2021 yil 1 yanvardan boshlab to‘liq ishga tushirilishini;
  • uch oy muddatda jinoyatlar haqidagi ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish, shuningdek, tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 iyunga qadar:

  • surishtiruvchi va tergovchilarni videotasvirga olish vositalari bilan ta’minlash;
  • tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarini tergov harakatlarini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazishda foydalaniladigan texnik vositalar va uskunalar bilan to‘liq jihozlash va ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash choralarini ko‘radi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:

  • bir oy muddatda Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda tergov sohasida malakali kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasini tashkil etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
  • ikki oy muddatda prokuratura organlarining belgilangan shtat birligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokuraturalari tizimida prokuror-kriminalist lavozimini joriy etish;
  • uch oy muddatda Davlat byudjeti parametrlarida prokuratura organlari uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida va byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan prokuror-kriminalistlarni zamonaviy maxsus jihozlar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан