Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda Turkiyaning maxsus sanoat zonasi filiali ochilishi rejalashtirilmoqda
16.02.2020 13:16,  
374

O‘zbekistonda Turkiyaning “Gebze” maxsus sanoat zonasining filialini tashkil qilinishi mumkin. Ushbu masala Anqarada bo‘lib o‘tgan Turkiya vitse-prezidenti F.Oktay hamda O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi.

“Tomonlarning diqqat markazida investitsiyaviy hamkorlikni jadallashtirish va o‘zaro savdo nomenklaturasini kengaytirish nuqtai nazaridan iqtisodiy munosabatlarni kuchaytirish masalalari bo‘ldi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, transport va yuk tashish sohalarida tizimli o‘zaro munosabatlar, Turkiya hukumati tomonidan texnik ko‘mak berish va imtiyozli kreditlash dasturlari doirasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga to‘htalib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi kelishuvini imzolashga tayyorgarlikni jadallashtirish va  mazkur bitimga kiritilishi taklif etilayotgan tovarlar pozitsiyalarini kengaytirish masalalari o‘rganildi hamda uni amalda qo‘llash tartiblari kelishib olindi. Mazkur choralar  Turkiya va O‘zbekiston respublikalarining o‘zaro savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazish borasida ikki mamlakat Prezidentlari tomonidan berilgan topshiriqni amalga oshirilishiga katta ko‘mak berishi kutilmoqda.

 

 

 

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан