Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda yana 450 mlrd so‘mlik obligatsiyalar chiqariladi
10.01.2020 19:46,  
349

Kelasi hafta ikki marta davlat qisqa va o‘rta muddatli obligatsiyalari chiqarilishi ma’lum qilindi.

Obligatsiyalar milliy valyutada O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasiga joylashtiriladi.

Obligatsiyalarning nominal qiymati o‘zgarmagan: 1000000 (bir million) so‘m.

14 yanvar, seshanba kuni Markaziy bank umumiy qiymati 250 milliard so‘mlik jami 250 ming dona obligatsiyalar chiqaradi. Yillik foiz stavkasi: 16%. Muomala davri 180 kun.

17 yanvar, juma kuni chiqaradigan obligatsiyalarning umumiy qiymati esa 200 milliard so‘m (jami 200 ming dona obligatsiya chiqariladi). Yillik foiz stavkasi: 16%. 17 yanvar chiqariladigan o‘rta muddatli obligatsiyalar Moliya vazirligi tomonidan 365 kun muddatda birjaga joylashtiriladi.

Bugun, 10 yanvar kuni Markaziy bank o‘z tarixida ilk marotaba davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini chiqardi. Auksion savdolarida 17 ta tijorat banki ishtirok etdi. Banklar 1.05 trillionlik 1039900 (bir million o‘ttiz to‘qqiz ming to‘qqiz yuz) dona buyurtmanomalar taklif qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан