Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi 20 ta yangi konga auksion orqali xorijiy investorlar jalb qilinadi
27.08.2020 17:21,  
214

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni geologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda yil boshidan buyon 32 ta geologiya-kon zaxirasi xalqaro JORC standartlariga o‘tkazildi.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida 155 ming gektar maydonda tezkor gidrogeologik izlanishlar olib borildi. Suv tanqis hududlarda sutkasiga qo‘shimcha 90 ming kubometr ta’minlaydigan suv zaxiralari tasdiqlandi.

Tadbirda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining hisoboti eshitildi. 20 ta yangi konga onlayn auksionda, ochiq va shaffof tarzda salohiyatli xorijiy investorlarni jalb etish jarayonining borishi ko‘rib chiqildi.

Sohadagi ishlar natijadorligini oshirish, qonunchilik bazasini mustahkamlash hamda investitsiya salohiyatini yanada kengaytirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Davlat rahbari kelgusi yili geologiya-qidiruv ishlarini 2 barobar kengaytirib, yangi istiqbolli maydonlarni aniqlash, sohaga zamonaviy laboratoriya texnikalarini joriy qilishni jadallashtirish muhimligini ta’kidladi.

Geologiya qo‘mitasiga sanoat kooperatsiyasi asosida yangi konlarni qidirish, topilgan resurslarni o‘zlashtirish uchun xususiy sektorga berish amaliyotini yanada keng qo‘llash bo‘yicha topshiriq berildi.

Foto: president.uz

Namangan tajribasi asosida har bir hududda geologik, ayniqsa, gidrogeologik qidiruvlar bo‘yicha doimiy ekspeditsiyalar tashkil etish zarurligi aytildi.

Foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarini o‘zlashtirish samaradorligini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. Mutasaddilarga belgilangan chora-tadbirlar bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан