Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistondagi eng katta poligonda masofadan boshqariladigan qurol sinovdan o‘tkazilmoqda (foto+video)
1.06.2020 10:13,  
540

Markaziy harbiy okrug hududidagi «Kattaqo‘rg‘on» dala o‘quv maydonida mudofaa vaziri tomonidan ilgari surilgan «Tashabbuskor g‘oyalar» asosidagi takomillashtirilgan jangovar texnika va qurollar ustida sinovlar olib borilmoqda.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, izlanishlar natijasida BTR-80 texnikasiga 120 millimetrli “Nona” o‘ziyurar artilleriya texnikasi va quroli yangitdan modernizatsiya qilindi. Zanjirli artilleriya texnikasi shinali zirhli texnikaga almashtirildi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Natijada tezlik soatiga 25 kilometrdan 80 kilometrga oshdi. Harakatlanish davomida nishonlarni yakson qilishi ko‘rsatkichi sezilarli darajada yuqorilagani kuzatildi. Hozirda Mudofaa vazirligi va harbiy okrug artilleriyachilari tomonidan texnika va qurolni jangovar imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Shuningdek, «Bo‘ron» deya nom berilgan “GM-21 MK” rusumli KamAZ va «Ural» texnikasiga o‘rnatilgan 122 millimetrli «DM-21» markali o‘ziyurar artilleriya to‘p-raketasini masofadan boshqarish va otish ishlari sinovdan o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан