Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonlik sportchi doping sababli Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum etildi
20.02.2020 14:43,  
483

Birlashgan kurash dunyosi (UWW) tashkiloti o‘zining rasmiy saytida xabar qilishicha, erkin kurash bo‘yicha uch nafar sportchi – fransiyalik Zelimxon Hojiyev, suriyalik Badhi Xutaba va o‘zbekistonlik Hasanboy Rahimovning natijalari aksldoping qoidalari buzilgani uchun bekor  qilindi. 

Ushbu kurashchilarning qonida taqiqlangan moddalar topilgan. 2019 yil Nursultonda (Ostona) bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Hojiyev (74 kg vazn toifasi) va Rahimov (125 kg gacha bo‘lgan vazn toifasi) bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi. 

Bu uch sportchining barchasi 2020 yil yozida Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqqan bo‘lgan. Ularga berilgan yo‘llanmalar endi Polsha, Eron va Kosovo davlatlari sportchilari orasida qayta taqsimlandi. 

Shu bilan birga Fransiya (74 kg), O‘zbekiston (125 kg) va Suriya (125) vakillariga shu yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan Olimpiada saralash musobaqasida qatnashish va qaytadan yo‘llanma olishga imkoniyat beriladi.

Sportchilar qancha muddatga o‘yinlardan chetlashtirilishi Xalqaro doping tekshiruvi agentligining (ITA) navbatdagi yig‘inidan keyin belgilanadi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан