Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonning barcha hududlarida karantin bazalari tashkil etiladi
24.03.2020 10:39,  
348

Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:

– bir hafta muddatda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligiga qarashli sanatoriy va boshqa sog‘lomlashtirish maskanlarida hamda davlat tasarrufidagi dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlari, mehmonxonalari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ta, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 tadan 14 kunlik karantin tadbirlari uchun moslashtirilgan bazalar tashkil etilishi choralarini ko‘radi;

– karantinda saqlanayotgan shaxslarni bir-biridan ajratgan holda ular o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining maksimal oldini olish imkonini beruvchi maxsus karantin ob’yektlari qurilishini qisqa muddatlarda ta’minlaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 49 nafarga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан