Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zgidromet atmosferada tarqalgan zararli moddalar haqida toshkentliklarni ogohlantirdi
14.11.2019 12:54,  
561

15-16 noyabr tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning bir oz tarqalishiga imkoniyat yaratadi, deb xabar qildi O‘zgidromet.

Toshkentda havoning ifloslanganligi ko‘rsatkichlari shaharda keng ko‘lamda olib borilayotgan qurilish ishlari tufayli normadan oshib ketgan, deb ta’kidlagan Davlat ekologiya qo‘mitasi vakili Umidjon Abdujalilov MSK xalqaro matbuot-markazida chiqishi vaqtida.

Xabarda aytilishicha, 12-13 noyabr tongida Toshkent shahrida statsionar postlarning kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, Yakkasaroy, Mirobod, Qibray tumanlarida havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me’yor (REM b.m.) dan ortgani qayd etilgan. Tumanlarda zot dioksidi bo‘yicha: REM b.m. dan yuqori 4 holat kuzatilgan.

Boshqa tumanlarda olingan ma’lumotlarda, zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lgani kuzatilmagan.

Shuningdek, O‘n beshinchi va o‘n oltinchi noyabr tongida Toshkent shahridagi havo atmosferasida zararli moddalarning kam miqdorda tarqalishi xabar qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, butun dunyo bo‘ylab havoning ifloslanish va sifat darajasini tekshiruvchi The World Air Quality Index - eng yirik havo onlayn-monitoringiga ko‘ra, Toshkent havosi ifloslangan shaharlar ichida ikkinchi o‘rinni olgan edi. Havoni o‘lchaydigan maxsus datchiklar dunyoning turli davlatlaridagi poytaxtlar va shaharlarda AQSh elchixonalarida o‘rnalitlgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан