Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pandemiya paytida qancha xorijlik O‘zbekistonga tashrif buyurgani ma’lum qilindi
24.07.2020 11:49,  
408

Mart oyidan O‘zbekistonda karantin cheklovlari tufayli xalqaro avia aloqa va temir yo‘l transporti harakati to‘xtatilganiga qaramay mamlakatimizga chet eldan sayyohlar kelishda davom etgan, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Aprel - iyun oylari oralig‘ida O‘zbekistonga 2100 nafar xorijlik tashrif buyurdi. Turizm sektoridagi pasayish karantin oldin - yanvar oyi oxiridan boshlab qayd etilgan. Joriy yilning dastlabki uch oyida sayyohlar oqimi 1,2 million kishini tashkil etdi. Umuman olganda, olti oy ichida mamlakatga turizm maqsadida tashrif buyurgan xorijiy fuqarolar soni 2019 yilning birinchi yarmiga nisbatan 60 foizga kamaydi.

Chet elliklar, asosan, MDH mamlakatlaridan kelishgan - 95,5% (1,16 mln. kishi), sayohatchilarning atigi 4,5% (54,8 ming kishi) uzoq xorijdan kelganlar.

Ko‘pchilik Qozog‘iston - 397,9 ming kishi (32,9%), Tojikiston - 332,8 ming kishi (27,5%), Qirg‘iziston - 298,4 ming kishi (24,7%), Rossiya - 65 ming kishi (5,4%), Turkmaniston - 60,6 ming kishi (5,0%) dan tashrif buyurgan. Xorijiy mamlakatlardan: Turkiya - 13,6 ming kishi (1,1%), Janubiy Koreyadan - 5,3 ming kishi (0,4%), Xitoydan - 4,5 ming kishi (0,4%).

O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining aksariyati tashrifning maqsadi - qarindoshlarini ko‘rish uchun (87,8%). Xorijiy fuqarolarning juda kam qismi quyidagi maqsadlar uchun kelgan: sayohat - 9,3%, davolanish - 1,2%, ish ehtiyojlari - 0,8%, tijorat safari - 0,6%, o‘qish - 0,3%.

Yanvar-mart oylarida 1,4 million o‘zbekistonlik turizm maqsadida mamlakatni tark etgan, aprel -iyun oylarida bu ko‘rsatkich 3500 kishini tashkil etgan. Olti oy ichida bu ko‘rsatkich bir yil avvalgi ko‘rsatkichdan 61,3 foizga kamdir.

Ko‘pincha ular Qirg‘iziston (514,3 ming kishi), Qozog‘iston (492,5 ming kishi), Tojikiston (265,3 ming kishi), Rossiya (43,5 ming kishi), Turkiya (30,9 ming kishi), Turkmaniston (15,9 ming kishi), BAA (14,3 ming kishi), Janubiy Koreya (9,5 ming kishi) ga ketishgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан