Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pandemiya paytida qo‘lqop ishlab chiqaruvchi kompaniya narxi 1000% ga o‘sdi
20.07.2020 11:20,  
151

Malayziyaning uchta lateks qo‘lqop ishlab chiqaruvchisining kapitallashuvi 2020 yil boshidan buyon 26 milliard dollarga o‘sdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Kompaniya aksiyalari COVID-19 epidemiyasi paytida qo‘lqoplarga talabning keskin ortishi tufayli o‘sib bormoqda.

2020 yilda Supermax Corp. shirkati aksiyalari 1000% ga, Top Glove Corp. bahosi 389% ga, Kossan Rubber narxi esa 230% ga ko‘tarildi. Bloomberg'ning ta’kidlashicha, bu Malayziya bozori uchun misli ko‘rilmagan o‘sishdir.

"Qo‘lqop ishlab chiqaruvchilarning o‘sishi Tesla kompaniyasining qimmatlashuviga o‘xshaydi, ammo bu sektorning daromadlari Tesla'ga qaraganda ko‘proq ishonchga ega", dedi Northcape Capital Ltd. fond menejeri Ross Kameron. Shuningdek, u kelgusi yilda qo‘lqop ishlab chiqaruvchilarning daromadlari 100% dan ko‘proq o‘sishini kutayotganini qo‘shimcha qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан