Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pandemiyaga qaramay, Hindistonda Toj Mahal va bir qator maktablar qayta ochildi
22.09.2020 12:17,  
32

21 sentabr, dushanba kuni Hindistonda Toj Mahal maqbarasi va bir nechta maktablar ommaviy tashriflar uchun ochildi, deb xabar bermoqda Hindustan Times. 

Xabarlarga ko‘ra, Toj Mahal olti oydan ortiq yopilganidan keyin qayta ochildi. Maqbarada masofalanishning maxsus shartlari va boshqa cheklovlar joriy qilingan. Masalan, kunlik tashrif buyuruvchilar soni besh ming kishidan oshmasligi kerak. Boburiy hukmdor Shohjahon va uning rafiqasi Mumtaz Mahalning qabrlari joylashgan asosiy maqbaraga beshtadan ortiq mehmon kira olmaydi.

Bundan tashqari, Jammu va Kashmir shtatida maktablar ochilishi haqida xabar berilgan, hozirga qadar faqat o‘rta maktab o‘quvchilari uchun. Shtat aholisi 12,5 million kishidan oshadi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, birinchi kuni Toj Mahalga 2500 dan ortiq odam tashrif buyurgan. Shu bilan birga, koronavirusga qadar maqbara ziyoratchilarining o‘rtacha soni kuniga 40 ming kishini, eng yuqori nuqtasida esa kuniga 170 ming kishini tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan kun davomida Hindistonda 87 000 ta yangi koronavirus holatlari aniqlandi. Hindiston COVID-19 aniqlangan holatlari bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi, SSVning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda ushbu kasallikka chalingan 5,48 milliondan ortiq odam aniqlangan. Bir milliondan ortiq odam kasalxonalarda davolanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан