Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Parkentdagi yonib ketgan savdo do‘konlari o‘rnida nima qurilishi ma’lum qilindi
9.03.2020 18:15,  
1200

Avvalroq, 7 mart kechasi soat taxminan 23:30 atrofida Toshkent viloyati Parkent tumanining dehqon bozorida katta yong‘in kelib chiqqanligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Dastlabki xulosalarga ko‘ra, yong‘in elektr energiyasidan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida kelib chiqqan. Halok bo‘lganlar yoki jarohat olganlar yo‘q.

Voqea joyiga viloyat hokimi Rustam Xolmatov yetib borgan va yong‘in sabablarini chuqur o‘rganish hamda oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Yong‘in oqibatlarini bartarf etish yuzasidan Parkent tumani hokimining 2020 yil 8 martdagi 28-F-sonli farmoyishi chiqarildi.

Sodir bo‘lgan yong‘inni to‘liq bartaraf etish va mulk egalariga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tumanda favqulodda holat joriy etildi. Alanga ichida qolgan hududni tozalash, bozorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga yetkazilgan zararni qoplash borasida shoshilinch choralar ko‘rilmoqda. Bu yo‘nalishda tuzilgan maxsus ishchi guruhlari faoliyat olib boryapti.

Farmoyishda zarar ko‘rgan barcha do‘konlar tezda qayta ta’mirlanib, aholiga savdo xizmati ko‘rsatishni qayta yo‘lga qo‘yilishi alohida qayd etilgan. Birlamchi manbalarga ko‘ra, 800 kv m. maydondagi savdo do‘konlari katta alanga ichida qolib ketgan. Yetkazilgan talafot juda jiddiy. Shu bois, ayni damda “Parkent dehqon bozori” faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Tuman hokimining farmoyishda yonib ketgan barcha savdo do‘konlari o‘rnida tez kunlarda zamonaviy uslubdagi yangi binolar qad rostlashi qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан