Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Parlamentdagi janjaldan so‘ng Erdog‘an muxolifatdagi deputatni sudga berdi
5.03.2020 21:02,  
557

Turkiya prezidenti Rejep Tayip Erdog‘an muxolifatdagi Xalq-respublika partiyasi (XRP)ning parlamentdagi fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Engin Ozkochni sudga berdi va haqorat qilgani uchun undan 1 million turk lirasi (taxminan 165 ming dollar) miqdorida tovon puli talab qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Avvalroq Ozkoch Erdog‘anni o‘lgan turk harbiylari haqida gapirganda "kelle" so‘zini ishlatganlikda va xiyonat qilganlikda ayblagan. Prezidentning bolalari harbiy xizmatdan bosh tortganini qo‘shimcha qilgan.

Ozkochning bu bayonoti tufayli chorshanba kuni Turkiya parlamentida hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi va XRP deputatlari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tdi.

Jang natijasida besh kishi tan jarohati oldi. Ulardan ikkitasining boshiga tantanalarda foydalaniladigan bolg‘adan zarba berilgan va kasalxonaga yotqizilgan.

"Hurriyet" gazetasining yozishicha, Anqara Bosh prokuraturasi "prezidentni haqorat qilish" bo‘yicha Ozkoch ustidan tergov boshlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан