Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Ahmad Donish ko‘chasining qayta qurilgan qismini borib ko‘rdi (foto)
29.08.2020 16:21,  
206

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Ahmad Donish ko‘chasida amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘rdi.

Ilgari bu ko‘cha o‘rtasidagi maydon beton devor bilan o‘ralgani sababli yo‘l juda ham tor edi. Yunusobod metro yo‘nalishining davomi qurilishi natijasida bu joy ochildi.

Shavkat Mirziyoyev metroning Yunusobod yo‘nalishini jamoatchilik vakillari bilan birgalikda aylanmoqda (fotojamlanma)

Ahmad Donish ko‘chasining Amir Temur ko‘chasidan Toshkent halqa avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan 2,2 km qismi 6 qatorlik qilib qayta qurildi. 4 qatorlik mavjud yo‘l rekonstruksiya qilindi. Piyodalar va velosiped yo‘lakchalari, maysazorlar tashkil etildi. Energiya tejamkor yoritish moslamalari o‘rnatildi.

Yana bir muhim jihati – Ahmad Donish ko‘chasi o‘rtasidagi yashil hudud va ko‘cha bo‘ylaridagi daraxtlar saqlab qolindi. 1850 ta manzarali daraxt ko‘chati ekildi.

- Yo‘l qurilishiga qo‘shimcha pul berib, zamonaviy texnikalar olingani bugun natijasini beryapti. Bu esa odamlarga manfaat, sifat keltirishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Chorrahalarda yo‘l 92 metrgacha kengaytirilgan. Transport vositalari o‘ng tarafga to‘xtovsiz harakatlanishi ko‘zda tutilgan. Bu Ahmad Donish, Amir Temur, Bog‘ishamol kabi ko‘plab ko‘chalardagi tirbandlikni kamaytiradi. Toshkent va Qibray tumanlari aholisining poytaxt markaziga yetib borish vaqti 2 barobar qisqaradi. Ushbu yangi trassada bir kunda 60 mingtagacha transport vositasi harakatlanishi mumkin.

Davlatimiz rahbari bu yerda mutasaddilarga yo‘lsozlik sifati va ko‘lamini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

- Odamlarimiz ham, mehmonlar ham yo‘lga qarab davlatga baho beradi. Yo‘llar yaxshi bo‘lsa, xalqimiz rozi bo‘ladi. Shuning uchun bunday sifatli yo‘llarni hududlarda ham qurish, qishloq yo‘llarini ham o‘zgartirish kerak, - dedi Prezident.

Shu yerda Yunusobod tumani aholisi vakillari bilan samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Toshkentning Farg‘ona yo‘li ko‘chasida amalga oshirilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini ham borib ko‘rdi.

Turkiyaning «Kalyon» shirkati bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan loyihaga asosan, 8 qatorlik yangi avtomobil yo‘li qurish, 2 qatorlik mavjud yo‘lni rekonstruksiya qilish, energiya tejamkor yoritish moslamalari o‘rnatib, piyodalar va velosiped yo‘lakchalari, maysazorlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari bir kilometr yo‘l qurishga yurtimiz va xorijda ketadigan mablag‘ hamda materiallar qatlamini tahlil qilish asosida yo‘l industriyasini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Avtomagistrallar bilan birga ichki yo‘llarga ham alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан