Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident yetmishga yaqin ayollarni faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotladi (ro‘yxat) ​
7.03.2020 11:11,  
678

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi samarali mehnati bilan tashabbus va ibrat ko‘rsatib kelayotgani uchun bir guruh xotin-qizlar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi. 

«O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan Chusovitina Oksana Aleksandrovna – Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan Kuznetsova Svetlana Mixaylovna – Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport gimnastikasi bo‘yicha katta murabbiyi;

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan 

Batirova Margarita Azizovna – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining tillar kafedrasi professori;

Boymatova Sibiniso Musurmonqulovna – Sharof Rashidov tumanidagi «Musurmon ota» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati;

Djamilova Gulchexra Mannonovna – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi;

Ibragimova Rixsixon Ismailovna – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi;

Kariyeva Bernara Raximovna – O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi professori;

Maxmudova Robaxon Anvarovna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi;

Sadullayeva Gulchexra – O‘zbekiston davlat satira teatri aktrisasi;

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Adilova Fatima Tuychiyevna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti laboratoriya mudiri;

Babajanova Zulfiya Reimbayevna – «Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi» aksiyadorlik jamiyatining kimyo sexi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

G‘afforova Fotima – Mehnat faxriysi, Samarqand viloyati ;

Maripova Saodat Toraxanovna – O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining «Mineral resurslar instituti» davlat korxonasi sho‘’ba mudiri;

Mendiyeva Ranoxon – Uchko‘prik tumanidagi «Mendiyeva Ranoxon» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati;

Parpibayeva Ozoda Abdukadirovna – Toshkent viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari;

Sabirova Vazira Talipovna – Mehnat faxriysi, Toshkent shahri;

Turayeva Gavxarjan Ibragimovna – Gurlan tumanidagi «Navro‘z» folklor- etnografik xalq jamoasi badiiy rahbari, Xorazm viloyati;

Shodmonova Mavlyudaxon – Marhamat tumanidagi «Barhayot Nozimjon fayzi» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati;

Yunusova Manzuraxon Pazliddinovna – Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i;

Yusupova Tuti – O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi;

I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Jalolova Sabohat Ashurkulovna – Sariosiyo tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati;

Muminova Madina Rashidovna – Namangan shahridagi «Baby plaza» xususiy maktabi direktori, Namangan viloyati;

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Aslanova Dilbar Xasanovna – Samarqand iqtisodiyot va servis institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, Samarqand viloyati;

Axmedjanova Pokiza Shavkatovna – Guliston shahridagi «Bolalar shaharchasi» direktori, Sirdaryo viloyati;

Raximova Mukaddas Aralovna – Yakkabog‘ tumanidagi «Madaniyat tekstil ko‘p tarmoqli» mas’uliyati cheklangan jamiyatining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Qashqadaryo viloyati;

Saburova Injigul Jumabayevna – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘linmasining «Muxalles» dutorchilar ansambli baxshi-sozandasi;

Usmanova Saodat Umarovna – Namangan davlat universitetining pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, Namangan viloyati;

Haitova Rohat Axmadjonovna – Vobkent tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori, Buxoro viloyati;

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abdullayeva Maksuda Sultanovna – Urganch tumanidagi «Urganch parranda invest» xususiy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati;

Akramova Zulayxo Abdurazoqovna – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi a’zosi;

Axmadaliyeva Nodira Kaxramonovna – Andijon tumanidagi «Gold Andijan pharma» qo‘shma korxonasi direktori, Andijon viloyati;

Baxodirova Valentina Grigorevna – O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyatining Qamashi tumani tashkiloti raisi, Qashqadaryo viloyati;

Djavlanova Kimyoxan Kurbanbayevna – Quyi Chirchiq tumani hokimligining xotin-qizlar kengashi a’zosi, Toshkent viloyati;

Jolimbetova Aytgul Aymbetovna – Mo‘ynoq tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

Kambarova Nasiba Axmadaliyevna – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining faxriy diktori;

Mustafayeva Zamira Rustamovna – G‘allaorol tumanidagi «Sarbozor qurilish trans» xususiy korxonasi rahbari, Jizzax viloyati;

Obloberdiyeva Zuhro – «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi a’zosi, kashtachi-usta;

Sabitova Madiya Irkinovna – Karmana tumanidagi «Polipropilen quvurlar» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Navoiy viloyati;

Saidbekova Daxiyatpocho Babayevna – So‘x tumanidagi «Sarikanda» qishloq vrachlik punktining umumiy amaliyot shifokori, Farg‘ona viloyati;

Suvonova Dilbar Nabiyevna – Termiz shahridagi 12-Mehribonlik uyi direktori, Surxondaryo viloyati;

Sutsepina Viktoriya Dmitriyevna – «Toshkent quvur zavodi» qo‘shma korxonasi rahbari, Toshkent shahri;

Umarova Nigora Telmanovna – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining ma’naviyat va ma’rifat kafedrasi mudiri;

Umarova Nodira Nigmatullayevna – O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qoshidagi «Ishga marhamat» monomarkazi direktori;

Usmanova Izrabu Aripovna – Rishton tumanidagi «Izrail Izrabonu» oilaviy korxonasi rahbari, Farg‘ona viloyati;

Xolbekova Begoyim Abduraxmonovna – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi;

Shanazarova Aziza Abdumalikovna – Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kolumbiya universiteti professori;

Shirinova Mavlyudaxon Rasulovna – «Sabr» Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi direktori;

Ermatova Nazokat – Boyovut tumanidagi «Ziyokor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Sirdaryo viloyati;

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Abdullayeva Umida Xazratovna – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i;

Boboqulova Guli Rajabovna – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi «Olot» chegara bojxona posti katta inspektori;

«Shuhrat» medali bilan

Beknazarova Saida Safibullayevna – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining audiovizual texnologiyalar kafedrasi professori;

Bovaqulova Mavjuda Raximberdiyevna – Yangiyo‘l shahridagi «Baxor style» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati;

Dadadjanova Iroda Abdulazizovna – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining «Yosh kuch» jurnali bosh muharriri;

Igamberdiyeva Parizod Kadirovna – Farg‘ona davlat universitetining kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati;

Inakova Barnoxon Baxodirovna – Andijon davlat tibbiyot institutining pediatriya va neonatologiya kafedrasi mudiri, Andijon viloyati;

Islomova Gulmira Raxmonovna – «Hunarmand» uyushmasining Nurota tumani bo‘limi a’zosi, kashtachi-usta, Navoiy viloyati;

Karimova Navbaxor Valijanovna – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali siyosiy sharhlovchisi;

Mamadiyorova Yulduzoy Karshiyevna – Shahrisabz tumanidagi «Shakhrisabz tour» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati;

Mamarasulzoda Zulxumor Abulkosim qizi – Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi qoshidagi «Maqom» ansambli maqomchisi;

Mansurova Munisa Anvarovna – Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi kafedrasi mudiri;

Raxmatova Farog‘at Shavkatovna – Denov tumanidagi «Smart kids» nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, Surxondaryo viloyati;

Turdimuratova Aynur Baxtibayevna – Nukus shahridagi «Jayxun universal qurilish» mas’uliyati cheklangan jamiyati kran mashinisti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

Xalikova Xamida Azimjonovna – «Bekobodsement» aksiyadorlik jamiyatining sex tegirmon mashinisti, Toshkent viloyati;

Ximmatova Yulduzoy Shaxritdinovna – «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining sex apparatchisi, Navoiy viloyati;

Xusainova Nafisa Rustamovna – Samarqand shahridagi «Samarkand-England eco medisal» qo‘shma korxonasining sifat ta’minoti bo‘limi boshlig‘i, Samarqand viloyati;

Xusanova Gavxar Mamarajabovna – Sayxunobod tumanidagi «Gulbahor ziyo kitob savdo» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Sirdaryo viloyati;

Shukurova Gulchehra Shoyiqulovna – Qorako‘l tumanidagi «Gullar chehrasi» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati;

Eshchanova Javhar Ataxanovna – Yangibozor tumanidagi «Hamid Olimjon» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Xorazm viloyati.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан