Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Toshkent viloyati prokuraturasiga eslatmalar kor qilmaydimi?
8.10.2020 10:58,  
2248

Sal avval Chirchiq shahri prokurori Baxtiyor Ibrohimov tomonidan OAV orqali qilingan chiqish tanqidga uchragan edi. Sababi Baxtiyor Ibrohimov o‘z chiqishida Toshkent viloyati bosh infeksionisti hibsga olingani shov-shuv bo‘layotgan bir paytda, hali aybi isbotlanmagan G. Yo‘ldosheva aybdorligi haqidagi qat’iy fikrlarini ilgari surgan edi.

Xususan, holatga munosabat bildirib, Xabar.uz nashri orqali chiqish qilgan taniqli advokat Usmonxon Salohiddinov

«...Prokuror janoblari mazkur intervyusida amaldagi jinoyat-protsessual qonunchilik talablariga zid ravishda, hali tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov ma’lumotlarini oshkor qilishi o‘z-o‘zidan savol tug‘diradi: Jinoyat ishi dastlabki bosqichda ekanini tan olgan prokuror ayblov sudda nafaqat tasdiqlanishi, balki dalillar rad etilishi ham mumkinligini bilmaydimi yoki bila turib, qonunga zid tarzda bo‘lsa-da jamoat fikrini shakllantirishni, shu orqali sudga ta’sir o‘tkazishni maqsad qilganmi?», degan edi. 

“Shu bahonada aybsizlik prezumpsiyasi mavjudligi haqida eslatildi, endi bu normanihamma e’tiborga oladi” degan ishonch jamoatchilikda paydo bo‘lgan bo‘lsa ajabmas. Biroq... 

Tanqidlar hali sovimasdan turib kuni kecha (06.10.2020) Toshkent viloyati prokuraturasi murojaat bilan chiqib, ayni o‘sha – Chirchiq shahri prokurori Baxtiyor Ibrohimov yo‘l qo‘ygan xatoni takrorladi – sud qilinmasdan turib ayblanuvchini “aybdor” qildi-qo‘ydi. Prokuraturaning murojaatini tinglaydigan bo‘lsak, unda ayblanuvchiga nisbatan og‘ir jinoyatlar nisbat berilib, “yo‘l qo‘ygan”, “soxta ma’lumot kiritgan”, “talon-toroj qilgan”, “tergovga kelmagan”, “to‘sqinlik qilgan” kabi qat’iylikni bildiruvchi so‘zlar keladi. Bayonot matni go‘yo prokuraturaning murojaati emas, balki sudning qarori... 

Nachora, jamoatchilik, mutaxassislar tomonidan qilingan eslatmalar Toshkent viloyati prokuraturasiga kor qilmagan ekan, yana bir bor qonunchilikdan havola keltiramiz: 

«Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi» (Jinoyat protsessual kodeksi, 23-modda. Aybsizlik prezumpsiyasi)

Yana bir jihat. Ayblanuvchi shifokor ko‘p bolali ona ekanligi Bosh prokuratura xodimlariga avvaldan ma’lum edi – qamoqqa olinishidan bir oy o‘tib bilinib qolgani yo‘q. Qolaversa senat raisi va uning o‘rinbosarlari ham bu jihatga urg‘u berishgandi. Bunga qaramasdan qamoqda saqlash chorasini o‘zgartirish faqat 6 oktyabrda amalga oshdi.

Muhammad Shakur, bloger

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан